Ichki hisobot · Aprel 2026

Anonim murojaat tizimi. Xodimdan rahbariyatga — yagona kanal.

MTRK oshxonalari bo'yicha xodimlardan taklif va shikoyatlarni tartibli shaklda yig'uvchi Telegram bot. Yuborish — 30 soniyada. Kanalga yetib borish — bir soniyada.

01
Muammo

Fikr-mulohazalar og'zaki aytilardi, lekin hech qayerda qolmasdi.

Oshxonalar xizmati haqidagi shikoyatlar qayerda, qaysi bo'limda, qaysi kategoriyada ekani hech bir joyda tizimli qayd etilmasdi. Rahbariyat qaror qabul qilishda raqam va tendensiyalarga ega emas edi.

01

Anonim kanal yo'q edi

Xodim shikoyat bildirishdan iymanardi — yuzma-yuz yoki rahbarga to'g'ri aytish noqulay. Haqiqiy fikr aytilmasdan qolardi.

02

Tarqoq, tez unutiluvchan

"Bugun ovqat yaxshi edi" yoki "narxlar oshib ketdi" — og'zaki aytiladi: eshitgan unutadi, eshitmagan esa bilmaydi.

03

Qaror — intuitsiya bilan

Qaysi oshxonada qancha shikoyat bor — noma'lum. Menyuni o'zgartirish, narx belgilash, xodim qo'shish qarorlari ma'lumotsiz qabul qilinardi.

02
Yechim

Yagona bot. Yagona kanal. Ikki yo'l — QR yoki menyu.

@mtrk_takliflar_bot — MTRK oshxonalari uchun maxsus Telegram-bot. Xodim telefonida botni ochadi (yoki devordagi QR kodni skanerlaydi), bo'limni tanlaydi, murojaat turini tanlaydi, fikrini yozadi. Murojaat avtomatik ravishda ichki kanalga yetkaziladi — joyi, turi va hashtaglari bilan birga.

01

Anonim

Foydalanuvchi shaxsi ichki kanalda faqat administratorlarga ko'rinadi. Botda xodimga "anonim qolasiz" deya kafolat beriladi.

02

Tartibli (strukturali)

Joy, bo'lim, tur, izoh, vaqt, hashtaglar — har bir murojaat bir xil shaklda, tahlilga yaroqli tarzda saqlanadi.

03

Tezkor

Xodim uchun: yuborish 30 soniyada. Rahbar uchun: kanalga yetib borish — bir soniyadan kam.

03
Jarayon

Beshta ekran. Xodim yo'lida qadamma-qadam.

Bot interfeysining har bir qadami, xodim ko'radigan haqiqiy ekranlar bilan:

1
Boshlanish
M
Oshxona so'rovnoma | MTRK
bot
🤖 Assalomu alaykum!
Bu bot orqali MTRK oshxonalari bo'yicha fikr-mulohazalaringizni anonim tarzda yetkazasiz. 🏘 Joyni tanlang:
🏘Mediamarkaz
🏘Telemarkaz
🏘Radio uyi

Bino tanlash

/start bosiladi. Uchta bino ko'rinadi: Mediamarkaz, Telemarkaz, Radio uyi.

2
Bo'lim
M
Oshxona so'rovnoma | MTRK
bot
🏘 Mediamarkaz 📍 Aniq bo'limni tanlang:
📍Oshxona (yerto'la)
📍Bufet (chiller)
📍Vend market
⬅️Ortga

Aniq bo'lim

Binodagi bo'limlar ro'yxati: qaysi oshxona, bufet yoki vend market.

3
Tur
M
Oshxona so'rovnoma | MTRK
bot
📍 Mediamarkaz — Vend market 📝 Murojaat turini tanlang:
Ovqat sifati
👏Servis sifati
💰Narxlar
Qulayliklar
⬅️Ortga

Kategoriya

Joyning haqiqiy rasmi bilan birga — tasdiqlash. Keyin oltita kategoriyadan biri tanlanadi.

4
Izoh
M
Oshxona so'rovnoma | MTRK
bot
✍️ Ovqat sifati bo'yicha
📍 Joy: Mediamarkaz — Vend market 💬 Izohingizni yozing. Fikringiz biz uchun muhim!
🔒 Murojaatingiz anonim qoladi.
Bekor qilish
⬅️Ortga

Izoh yozish

Matn, rasm, video yoki ovozli xabar — har qanday format qabul qilinadi.

5
Tasdiq
M
Oshxona so'rovnoma | MTRK
bot
Ovqat issiq emas edi, iliq chiqib kelmoqda. Iltimos, ko'rib chiqishingizni so'rayman.
👏 Rahmat!
Sizning murojaatingiz qabul qilindi va tegishli xodimlarga yetkazildi. 💚 Fikr-mulohazangiz uchun minnatdormiz. 🤖 Yangi murojaat uchun — /start

Yakun

Xodimga minnatdorchilik, kanalga avtomatik yuboriladi — hashtag bilan birga.

04
Ikki yo'l

QR kodni skanerlash yoki bot menyusidan tanlash.

Usul 01 · Asosiy

QR kod — joyning o'zida

Har bir oshxona, bufet va vend-apparat devorida o'ziga xos QR kod joylashtiriladi. Xodim telefon kamerasini yo'naltiradi — bot avtomatik ravishda shu bo'lim uchun murojaat rejimiga o'tadi.

→ Deep-link manzil
t.me/mtrk_takliflar_bot
?start=mediamarkaz-oshxona
  • Xodim o'z joyini yozishi shart emas — tizim avtomatik biladi
  • Har bir bo'lim uchun o'ziga xos QR kod
  • Xatolik ehtimoli nolga teng
Usul 02 · Qo'shimcha

Bot menyusidan — istalgan joyda

QR kod yonida bo'lish shart emas. Xodim botni ochib /start bosadi va menyu orqali binoni hamda bo'limni tanlaydi.

M
MTRK | bot
🏘 Mediamarkaz 📍 Bo'limni tanlang
📍Oshxona
📍Bufet
📍Vend market
  • Masofadan turib ham murojaat yuborish imkoni
  • Istalgan binoning istalgan bo'limiga
  • Matn, rasm, video, ovozli xabar — barcha formatlar qabul qilinadi
05
Qamrov

Uchta bino, yettita bo'lim. Har biri o'z QR kodi bilan.

Xodim va rahbariyat adashmasligi uchun har bir bo'limning joy rasmi qo'yilgan. Yangi bino yoki bo'lim qo'shish admin panelda amalga oshiriladi.

I · Bino

Mediamarkaz

01
Oshxona (yerto'la / podval)
/mediamarkaz-oshxona
02
Bufet (chiller)
/mediamarkaz-bufet
03
Vend market (kofe apparat)
/mediamarkaz-vend
II · Bino

Telemarkaz

01
Rasm qo'shiladi
Oshxona (yerto'la / podval)
/telemarkaz-oshxona
02
Rasm qo'shiladi
Vend kofe (Faya)
/telemarkaz-faya
03
Rasm qo'shiladi
Bufet (2-qavat)
/telemarkaz-bufet
III · Bino

Radio uyi

01
1-qavat oshxona
/radiouyi-oshxona
06
Kategoriyalar

Oltita tur. Hashtag orqali filtr.

Har bir murojaat tegishli kategoriyaga biriktiriladi. Admin panelda turlar qo'shiladi yoki o'chiriladi.

01

Ovqat sifati bo'yicha

#ovqat_sifati
02

Servis sifati bo'yicha

#servis_sifati
03

Narxlar bo'yicha

#narxlar
04

Qulayliklar bo'yicha

#qulayliklar
05

Takliflar

#takliflar
06

Boshqa

#boshqa
07
Rahbariyat uchun

Har bir murojaat — ichki Telegram kanalda, o'sha daqiqada.

Kanaldagi post tarkibi: joy, turi, foydalanuvchi, sana va izoh. Hashtaglar orqali kategoriya yoki bino bo'yicha bir bosishda filtrlanadi.

M
MTRK · Ichki murojaatlar
12 a'zo · 4 admin
📣 Yangi anonim murojaat
📍 Joy:Mediamarkaz — Vend market
📝 Turi:Ovqat sifati bo'yicha
👤 Foyd.:Ismi Familiyasi
user:@username
📄 ID:5899801826
💬 Sana:2026-04-20 · 14:50
"Bugun issiq ovqat 13:30 ga kelib tugab qolgan edi. Keyingi smenaga yetkazib olish imkoni bo'lmadi — iltimos, tayyorlash grafigini ko'rib chiqishingizni so'rayman."
#mediamarkaz #mediamarkaz_vend #ovqat_sifati
I

Real vaqtdagi oqim

Yangi murojaat ichki Telegram kanalga o'sha daqiqada tushadi. Kechikish yoki qo'lda ishlov berish shart emas.

II

Hashtag orqali filtr

Faqat "Ovqat sifati" ni ko'rish uchun — #ovqat_sifati. Bino bo'yicha xuddi shunday: #mediamarkaz.

III

Jonli statistika

Admin panelda: qaysi oshxonada nechta murojaat, qaysi kategoriyada qancha va umumiy hisobot — bir bosishda ko'rsatiladi.

IV

Rollar ajratilgan

Bosh administrator qo'shadi, o'chiradi va boshqaradi. Qolgan rahbarlar esa faqat statistikani ko'ra oladi.

08
Admin panel

Botning o'zidan boshqarish — kod yozmasdan.

/admin buyrug'i — bosh administrator uchun. Binolar va bo'limlarni qo'shish, o'chirish, turlar va statistika — hammasi bitta menyuda jamlangan.

A · 01

Asosiy menyu

M
Oshxona so'rovnoma
bot
⚙️ Admin panel
Kerakli bo'limni tanlang:
🏘Joylar
📝Murojaat turlari
📈Statistika
Yopish

Bosh admin uchun to'rtta bo'lim: joylar, turlar, statistika va yopish.

A · 02

Bino detali + QR

M
Oshxona so'rovnoma
bot
🏘 Mediamarkaz
Slug: mediamarkaz Bo'limlar: 3 ta
✈️QR: /mediamarkaz
📍Oshxona
📍Bufet
Yangi bo'lim
⬅️Ortga

Har bino uchun QR link, bo'limlar ro'yxati, qo'shish va o'chirish imkoniyati.

A · 03

Statistika

M
Oshxona so'rovnoma
bot
📈 Statistika
📄 Jami: 142
📍 Joylar bo'yicha: • Mediamarkaz — Oshxona: 38 • Mediamarkaz — Bufet: 22 • Telemarkaz — Oshxona: 31 • Radio uyi — Oshxona: 18
📝 Turlar bo'yicha: • Ovqat sifati: 54 • Narxlar: 29 • Takliflar: 24
⬅️Ortga

Jami murojaatlar soni, joylar va turlar bo'yicha taqsimlanish — barcha adminlar ko'ra oladi.

09
Qo'yilgan farq

Avval — Endi.

Avval
Endi
01
Fikrlar og'zaki aytilib yo'qolib ketardi.
Har biri saqlanadi, hashtaglanadi va qidirib topiladi.
02
Qaysi oshxonada muammo borligi noma'lum edi.
Har bir murojaatda aniq joy va bo'lim ko'rsatiladi.
03
Xodim iymanib, rasmiy munosabatda qolardi.
Anonim va bemalol — haqiqiy fikr aytiladi.
04
Qaror intuitsiya asosida qabul qilinardi.
Qaror — raqam va tendensiya asosida.
10
Dasturchi

Loyiha muallifi.

Ravshanjon Raxmatullayev
Python Full Stack Dasturchi

Ravshanjon Raxmatullayev

7+ yil tajriba · 100+ loyiha

Telegram botlar, veb-saytlar va mobil ilovalar yaratish bo'yicha ixtisoslashgan mutaxassis. MTRK uchun bu loyiha — arxitekturadan tortib serverga joylashtirishgacha to'liq mustaqil amalga oshirilgan.

ravshanjon.uz
Tajriba7+ yil
Loyihalar100+